Jamiyat | 09:58 / 30.03.2018
23631
3 daqiqa o‘qiladi

Xayriya: Suyak silidan aziyat chekayotgan Shahnoza moddiy yordamga muhtoj

Inson zoti dunyoga kelibdiki, turli sinovlarga duch keladi. Bir gal quvonchli kunlardan sarmast bo‘lsa, boshqa kuni achchiq qismatga dosh berishiga majbur buladi. Yana kimdir, ayni yoshgina vaqtida og‘ir xastalikka chalinadi. Barcha narsaga qodir Alloh boshqa bandasini unga yordamga shoshiradi. 

Qibray tumani Beruniy mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi, 242-uyda istiqomat qiluvchi, 1985 yilda tug‘ilgan hamyurtimiz Toirova Shahnoza og‘ir xastalikka chalingan bemor yurtdoshlarimizdan biridir. Turmush o‘rtog‘i vafot etib, 1 kiz, 2 o‘g‘il bilan qolgan Shahnoza suyak siliga chalingan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shahnoza 2014 yilda o‘pka siliga chalingan. Bu kasallikdan davolangach, 2016 yilda sil kasalligi suyakka ko‘chgan. Shifokorlar Shahnozaning xastaligiga o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘ya olmaganlari sababli, vaqti o‘tib ketgan va asorati og‘irlashgan. Suyak yemirilgan, shifokorlarning aytishlaricha, bir-ikki umurtqa pog‘onasi suyaklari olib tashlangan. 

Shahnozaning aytishicha, u 2 marta Hindistonga borib kelgan, beliga implant qo‘ygan, ammo tanasi implantni qabul qilmagani sababli chiqarib tashlagan. Endilikda, u uchinchi marta Hindistonga zudlik bilan borishi talab etiladi. Bunga 10 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur.

Albatta, bu ozgina mablag‘ emas. Biroq saxovatpesha insonlar yurtida yashovchi hamyurtimizga dardidan shifo topishiga ko‘mak berishni istovchilar topilishi shubhasiz. Shu sababli, ushbu xayrli ishga sababchi bo‘lish istagida mazkur xayriya aksiyasini tashkil etishga qaror qildik. Keling, aziz, ehsonsevar vatandoshlar, 2-guruh nogironi Shahnozaning shifo topib, o‘z hayotini topishiga, farzandlarining kamolini ko‘rishiga hissa qo‘shaylik! Siz bandasining og‘irini yengil qilsangiz, Alloh duolaringizni qabul qilib, niyatlaringizga yetkazsin. O‘tkinchi bo‘lgan bu dunyoda bizdan xayr-ehson, sahovat, xolis niyatda qilingan yaxshi amalimiz qolsin!

Toirova Shahnoza +998 93 562 00 36
Abdurazzaqova Shahlo (xolasi) +998 93 396 16 59

Click, Payme (Agrobank ATB)   8600 0417 5307 2660 (Abdurazakova Shaxlo, xolasi)

Agrobank ATB Toshkent shahar filiali

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Mavzuga oid