Jahon | 13:05 / 30.03.2018
15826
2 daqiqa o‘qiladi

Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi o‘zboshimchalik bilan qurilgan

Foto: Kemerovo viloyati FVV

Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi qurilish uchun ruxsatnomalarsiz barpo etilgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi saytida xabar berildi.

Tergovchilar oblast qurilish nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Tanziliya Komkovani qo‘lga olishdi. U vakolatlarini suiiste'mol qilishda gumonlanmoqda.

"Tergov versiyasiga ko‘ra, u Kemerovo shahridagi "Zimnyaya vishnya" savdo-ko‘ngilochar majmuasi binosi o‘zboshimchalik bilan qurilgani hamda foydalanishga topshirilganini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rmagan. Bunda qurilish uchun ruxsatnomalar bo‘lmagan, bu savdo markaziga tashrif buyurganlarning halok bo‘lishiga ham olib keldi", - deya ma'lum qilishgan mahkamadan.

Shuningdek, tergovchilar sud yong‘in-texnik ekspertizani tayinlashdi. Uni Sankt-Peterburgdan kelgan ekspertlar amalga oshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, to‘rt qavatli savdo markazida yong‘in 25 mart kuni sodir bo‘ldi, 64 kishi, jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi. Tergov yong‘in yuz berishi sababi bo‘yicha ikki versiyani ko‘rib chiqmoqda – qisqa tutashuv yoki o‘t qo‘yish.

Mavzuga oid