Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Kemerovo viloyati sobiq gubernatori Omon Tuleyev vafot etdi
Tuleyev Kemerovo viloyatini 20 yildan ortiq boshqargan va 2018 yilda «Zimnyaya vishnya»dagi yong‘indan keyin iste’foga chiqqan.
Kemerovo viloyatining sobiq gubernatori Omon Tuleyev 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda 20 noyabr, dushanba kuni viloyatning amaldagi rahbari Sergey Tsivilev ma’lum qildi.
Tuleyev Kemerovo viloyatini 1997 yildan 2018 yilgacha boshqargan. U 64 kishi, jumladan, 40 dan ortiq bolaning hayotiga zomin bo‘lgan «Zimnyaya vishnya» savdo-ko‘ngilochar markazidagi yong‘indan keyin iste’foga chiqdi. O‘shanda viloyat ma’muriyati rahbari yong‘in sodir bo‘lgan joyga kelmagan, shuningdek, norozilik bildirib, qurbonlar soni haqida ma’lumot berishni talab qilgan Kemerovo aholisi oldiga ham chiqmagan. Fojia va iste’fodan ko‘p o‘tmay, Tuleyev viloyat parlamenti spikeri lavozimini egalladi.
1990-yillarda u Federatsiya kengashida Kuzbassdan vakil bo‘lgan hamda Kemerovo viloyati qonun chiqaruvchi majlisini boshqargan, shuningdek, Rossiyaning MDH davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha vaziri bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:26 / 06.06.2024
Kemerovoda tramvaylar to‘qnashuvi: bir kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi
09:13 / 05.09.2023
Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi
13:17 / 24.12.2022
Kemerovoda qariyalar uyida yong‘in: 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
14:48 / 15.02.2019