19 yoshli yigit sud zalidan ozod qilindi
Ellikqal'a tumani Qilchinoq ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1999 yil 26 yanvar kuni tug‘ilgan Sarvar Ro‘zimov Yusufboy o‘g‘li 2017 yil 1 dekabr kuni “Matiz” rusumli avtomashinasida harakatlanish jarayonida “Damas” rusumli avtomashina bilan yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan, deb xabar bermoqda Kruz.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha sud qilinib, Sud protsessi 2018 yil mart oyida 1 marotaba o‘rganib chiqilib, Sudning navbatdagi protsessi 28 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tumani sudida bo‘lib o‘tdi.
Sud zalida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Ellikqal'a tuman Kengashi fuqaro Sarvar Ro‘zimov Yusufboy o‘g‘lini o‘z kafilligiga oldi va u sud zalidan ozod qilindi.
Fuqaro S.Ro‘zimov bilan doimiy birga ishlash, uni nazorat qilish hamda oilaviy ahvolidan xabar olib turish maqsadida yoshlar vakili sifatida yoshlar yetakchisini biriktirish xamda fuqaroni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, profilaktik nazorat qilib borish, oilasidagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni o‘rganish va doimiy ravishda ko‘maklashib borish maqsadida individual dastur ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024