Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro olimpiadada O‘zbekiston kursantlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi
26-30 mart kunlari Armanistonning Yerevan shahridagi Monte-Melkonyan harbiy kollejida bo‘lib o‘tgan kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadaning chet tili yo‘nalishida birinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari kuchli davlatlar oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlariga munosib raqib ekanliklarini isbotlashdi.
Mudofaa vazirligiga qarashli O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi tayyorlash markazi ingliz tili kafedrasi mudiri Ilya Zverev boshchiligida Yerevanga yo‘l olgan Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti 3-bosqich kursanti Abbos Rahimjonov va 2-bosqich kursantlari Laziz Rahimov, Bekpo‘lat Boqijonovlardan iborat jamoa yakuniy natijalarga ko‘ra Xalqaro olimpiadada faxrli uchinchi o‘ringa munosib deya e'tirof etildi.
Mazkur olimpiadada Rossiya Federatsiyasi, Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari hamda mezbon davlat kursantlaridan iborat 9 jamoa ishtirok etdi.
Xalqaro olimpiadaning eng yuqori pog‘onasidan Rossiya Harbiy universiteti kursantlari joy olgan bo‘lsa, Armanistonning Vazgen Sarkisyan nomidagi Harbiy universitet jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston sharafini xalqaro musobaqada munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar 1 aprel kuni I.Karimov nomidagi Xalqaro aeroportida kutib olinadi.
Kursantlar o‘rtasidagi Xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari (matematika bo‘yicha) 2-6 aprel kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Radioelektronika va aloqa harbiy-muhandislik institutida bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz sharafini Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari himoya qilishadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024