Tesla aksiyalari narxi bir qator salbiy holatlar sababli tushib ketdi
Tesla kompaniyasining aksiyalari Nyu-York fond birjasidagi savdolar natijalariga ko‘ra 2 aprelda 5,1 foiz qiymatini yo‘qotdi va bir donasi narxi 252 dollargacha tushib ketdi.
MarketWatch agentligining ta'kidlashicha, aksiyalar narxi kompaniya uchun bir qator salbiy hodisalar ortida qadrsizlanmoqda. 23 martda avtopilotda ketayotgan Tesla Model X mashinasi yo‘l-transport hodisasiga tushgan. Oqibatda mashina yonib ketgan, haydovchi esa olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Bir kun o‘tib kompaniya rul gidrokuchaytirgichidagi muammo sababli 123 mingta model S’ni qaytarib olishini e'lon qilgan.
Keyinroq Moody's tahliliy agentligi Tesla’ning likvidligi yetarlichamasligini ta'kidlab, uning reytingini pasaytirgan.
Bu ham yetmagandek, kompaniya rahbari Ilon Mask 1 aprel hazil kuni munosabati bilan kompaniya bankrot bo‘lganini ma'lum qilgan, biroq uning bu hazili qimmatga tushgan ko‘rinadi.
Mavzuga oid
19:34 / 20.11.2024
Germaniyada Tesla zavodi qurilishiga qarshilar daraxtlardan tushishni xohlamayapti
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
23:09 / 24.10.2024