Fan-texnika | 01:22 / 05.04.2018
10096
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yo‘llar nur qaytaruvchi to‘siqlar bilan jihozlanmoqda

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyatidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarida transport vositalarining xavfsizligini ta'minlash, ularning harakatlanishi va manyovr qilishida qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida muttasil izlanishlar olib borilmoqda va ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilib joriy etilmoqda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatining KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, xalqaro ahamiyatdagi M39 — Almati–Toshkent–Termiz avtomagistralining viloyat hududida o‘tuvchi yo‘lining transport vositalari qayrilib olishi uchun mo‘ljallangan qismlarida intersiv nur qaytaruvchi 4.2.1 — «To‘siqni o‘ngdan chetlab o‘tish» va 8.22.1 — «To‘siq» yo‘l belgilari bilan jihozlanmoqda.

Mazkur yo‘l belgilari kunning qorong‘i paytida va noqulay ob-havo sharoitlarida ko‘rish masofasining qisqarishi tufayli haydovchiga to‘siqni uzoq masofadan payqash imkoniyatini yaratadi hamda to‘siqqa borib urilish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining keskin kamayishiga xizmat qiladi.

O‘z muxbirimiz

Mavzuga oid