Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanidagi yirik yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi
5 aprel kuni soat 18:57da Toshkent shahar IIBB YXBga Qoraqamish 1/4 mavzesi, Gulsaroy ko‘chasi 5-uyda joylashgan qurilish materiallari ishlab chiqaradigan sexda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deb ma'lum qilmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Oradan 3 daqiqa o‘tib voqea joyiga 8ta yong‘in xavfsizligi xizmati maxsus mashinalari yetib keldi. Alanga yarim soat ichida qamrab olinib, soat 19:50da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida sexning 200 kv.m maydoni zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q. Halokatga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:49 / 19.05.2025