Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasida qaynoq liniya yo‘lga qo‘yiladi
Koreya Respublikasi va KXDR shu haftada ikki mamlakat yetakchilari Mun Chje In va Kim Chen In o‘rtasida qaynoq telefon liniyasi o‘rnatishning texnik imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bu haqida Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Seulda jurnalistlar uchun bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
"Ikki tomonning ishchi muzokaralari 7 aprel, shanba kuni Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi Pxanmunjom punktida bo‘lib o‘tadi", - dedi u. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanalining yo‘lga qo‘yilishi Kim Chen In va Mun Chje Inning tez-tez maslahatlashuvi uchun imkon yaratadi.
Koreya Respublikasi delegatsiyasi 5 mart kuni Pxenyanda KXDR yetakchisi bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat yetakchilari sammitini o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. O‘shanda Shimoliy Koreya AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ham shunday tadbir o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan.
Yuqori darajali muloqotdan so‘ng Koreyalararo sammitni o‘tkazish sanasi ma'lum bo‘ldi - 27 aprel. Bugunga qadar unga tayyorgarlik bo‘yicha bir necha muzokaralar raundi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar shuningdek protokolga doir savollar, xavfsizlik choralari va sammitning jurnalistlar tomonidan yoritilishi masalalarini muhokama qilishdi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025