Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mugabening 120tadan ortiq kompyuterini o‘marib ketishdi
Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabedan 119ta noutbuk va yettita statsionar kompyuterni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda NewsDay mahalliy nashri xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Mugabe iste'foga chiqqanida, uning oilasidan rasmiy qarorgohdan narsalarni olib chiqib ketish so‘ralgan. Cheklangan vaqt sababli ma'lum bir buyumlar vertolyot maydonchasi yonida yopiq qutilarda qoldirilgan.
Narsalar yo‘qolgani seshanba, 3 aprel kuni ma'lum bo‘ldi. O‘sha kuni qolgan buyumlar Mugabening Borroudeyldagi xususiy qarorgohiga olib ketildi. Sobiq birinchi xonim Greys Mugabe politsiyaga ariza yozdi, buni uning advokati tasdiqladi.
Iddao etilishicha, kompyuterlarni maktablarga xayriya qilish rejada bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:38 / 07.01.2025
Xitoyning “miya-kompyuter” interfeysi fikrlarni o‘qishni o‘rgandi
22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi
21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi
00:19 / 06.11.2024