Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arb Suriyadagi gumanitar falokatni inkor qilmoqda – Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘arb davlatlarini har kuni ayollar va bolalar halok bo‘layotgan Suriyadagi vaziyatga aralashishga chaqirdi.
“G‘arb qachon Sharqiy Gutada tinch aholi halok bo‘layotganiga e'tibor qaratadi? Bu adolatsizlik qachon tugaydi?”, deb savol bilan yuzlangan Erdo‘g‘an Siirt viloyatidagi namoyishda.
Erdo‘g‘an Suriyadagi gumanitar falokat mavzusini mudofaa kompaniyalari boyishi uchun vosita sifatida qo‘llayotgan xorijiy doiralar pozitsiyasini qoraladi. “Bu sharmandalik! Bu davlatlar demokratiya, inson huquqlari va diplomatiya mavzusida gapirishga umuman haqlari yo‘q”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
“Suriyada tinch aholining halokatini inkor qiluvchi davlatlar terrorchilikka qarshi kurash masalasini ko‘tarishga va terrorchilar harakatidan “arz qilish”ga hech qanday huquqqa ega emaslar”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya rahbari.
Erdo‘g‘an terrorchilarning Anqaraga qarshi harakatlariga samimiy munosabat bildirmayotgan G‘arb davlatlari Turkiyaning mintaqadagi aksilterrorchilik amaliyotlarini yo‘qqa chiqarish uchun barcha ishni qilishayotganiga urg‘u bergan.
Erdo‘g‘an Suriyaning Afrinida “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlangandan beri 4017 terrorchi yo‘q qilinganini eslatib o‘tgan. Shu bilan birga, Iroq shimolida Turkiya qurolli kuchlari 327 jangarini, Turkiyaning o‘zida esa 154 jangarini yo‘q qilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025