Jahon | 11:20 / 09.04.2018
39287
3 daqiqa o‘qiladi

Xaosdagi go‘zallik (Fotogalereya)

Dunyoning mashhur nashrlaridan biri AFP muxbiri Stefani Glinski Afrikaning notinch nuqtalaridan biri bo‘lgan shimoliy Sudandan reportaj tayyorladi. Jurnalist qoramol boqib tirikchilik qiladigan qabilalar orasida bir necha kunni o‘tkazdi va ajoyib lahzalarni tasvirga muhrladi. U notinchlik hukm surayotgan bu o‘lkalarda olgan suratlariga umumiy qilib «Xaosdagi go‘zallik» deb nom bergan.

AFP / Stefanie Glinski

«Daryoning sayoz yeridan yurayotgan vaqtda faqat bir narsani o‘ylardim: ishqilib bu yerda suvilon bo‘lmasin. Qo‘limda kamera bilan bir amallab muvozanatni saqlab, daryodan o‘tdim. Nil daryosi sohilida joylashgan shimoliy Sudanda noyabrdan maygacha qurg‘oqchilik hukm suradi.

Sigirlar Sudan uchun nafaqat tirikchilik manbai, balki madaniyatining bir bo‘lagiga ham aylanib qolgan. Shoxi katta bo‘lgan sigirlar Sudanning ramzlaridan biri. Qurg‘oqchilik vaqtida qabila tez-tez ko‘chib turadi va buni kuzatish juda maroqli.

AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski

Erkaklar kuni bilan qoramollarni boqib kelishadi. Kechga esa o‘tovlar joylashgan yerga qaytishadi. Ayollar va bolalar sigirlarni sog‘ishadi. Ayollar uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishadi, ovqat pishirishadi. Olov yoqiladi va bu bilan turli hasharotlar va gazandalar o‘tovlarga yaqinlashishining oldi olinadi. Olovdan hosil bo‘lgan kulni odamlar o‘zlarining va hayvonlarning badaniga surtishadi. Bu bilan hasharotlar hujumidan himoyalanishadi. Ba'zi hollarda sigirlar chayon chaqishidan halok bo‘ladi.

AFP / Stefanie Glinski

Erkaklar bo‘sh vaqtlari bo‘lsa doira chalib qo‘shiq aytishadi, har xil himoyalar haqida gaplashishadi. Bir kuni o‘tovda yotganimda o‘q ovozlari eshitildi. Bu yerda xavfsizlikni ta'minlash murakkab. Sigirlar qimmat turgani sabab qabilada ko‘pchilik o‘zi bilan qurol saqlaydi.

AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski

Biz uchun yashash tarzi g‘alati tuyuladigan bu xalqning hayotini sizga ham ko‘rsatgim keldi. U yerda notinchlik va xaos hukm surayotgan bo‘lsa-da, ilg‘ash mumkin bo‘lgan go‘zalliklar bor...»,- deb hikoyasini yakunlaydi Stefani xonim.

AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski
AFP / Stefanie Glinski

Mavzuga oid