Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barsa»ning «yangi hujumchisi» bugun nechta gol uradi? YeChL anonsi
Chempionlar Ligasida chorak finalning javob uchrashuvlari doirasida «Roma» «Barselona»ni qabul qiladi. Bu juftlikda vaziyat oydinlashgan, keyingi bosqichga kim chiqishi deyarli aniq, ammo umid hamisha oxirida o‘ladi?
«Roma» - tamommi?
«Roma» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya)
10 aprel. Rim. «Olimpiko» stadioni, 23:45
Birinchi o‘yin – 1:4
Italiyaliklarning keyingi bosqichga chiqa olishiga hech kim ishonmaydi. O‘yindagi devorlar, sog‘ayib safga qaytgan Raja Nayngolan, «Barsa»ning diqqatni susaytirishi «Roma»ga yordam berishi kerakmi? Ko‘rinishidan bunday bo‘lmaydi. Aniqrog‘i, bularning barchasi bir bo‘lib ham rimliklarni Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqmaydi. U yerga faqat yorqin o‘yin ko‘rsatgan jamoalar yo‘l olishadi. Eusebio Di Francheskoning jamoasi esa bunday o‘yin ko‘rsatmayapti.
«O‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch bizni qo‘llab-quvvatlab turishi kerak. Guruh bosqichida «Chelsi»ni 3:0 hisobida mag‘lub etganmiz, aynan shunday hisob bizni qoniqtiradi. Biz «Barselona»ni mag‘lub etishga qodirmiz. Bu safar ham shunday hisobni qayd qilishga urinib ko‘ramiz» - dedi Eusebio Di Franchesko.
Albatta, o‘yindan oldin Ernesto Valverde «raqibni mensimaslik to‘g‘ri bo‘lmasligi» haqida gapirdi: «Biz g‘alaba qozonib bo‘ldik, deb o‘ylamasligimiz kerak. Birinchi bellashuvda ajoyib natijaga erishdik, biroq xuddi hisob 0:0 bo‘lib turgandek o‘ynashimiz shart. Biz g‘alaba uchun harakat qilishimiz va boshqa hech narsa haqida o‘ylamasligimiz kerak. Men futbolda juda ko‘p vaqtdan beri ishlab kelyapman va bu yerda kutilmagan hodisalar yuz berishi mumkin ekanini bilaman. Biz bugun kechqurun shunday voqea yuz bermasligiga erishishimiz lozim. Maydonga «Roma» biz uchun – raqib emas, degan xayolda chiqish kerak emas. O‘ziga ishonish salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin»
Ammo bu chin dildan aytilgan gaplarmidi? Italiya nashrlari muqovasida o‘tgan haftadayoq «Vazifa uddalanmadi» yo‘sinidagi sarlavhalar bosilgandi. Ular «Yuventus»ning muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga ham ishora etishgandi. Turinliklar safarda «Real»ga 3ta javobsiz gol urishiga hozir hech kim ishonmayapti.
«Barselona»ning «yangi hujumchisi»
Muxlislar uchun hozirda «Roma»ning imkoniyatlarini chamalashdan ko‘ra, «Barselona» bu o‘yinda qancha gol urishi-yu, «Barselona»ning «avtogol» nomli hujumchisi qancha gol urishiga qiziqish ko‘proq. Barselonadagi o‘yinda birinchi va ikkinchi gollar mehmonlar futbolchilari De Rossiya va Manolas tomonidan urilgan, natijada, joriy mavsumda Chempionlar ligasida «Barselona» uchun raqib futbolchilari tomonidan urib berilgan avtogollar soni 5taga yetdi va bu holat turli hazilomuz fikrlarga sabab bo‘ldi.
Taxminiy tarkiblar
Qadimiy shahardagi o‘yinni Diyego Perotta va Rik Karsdorp o‘tkazib yuborishi aniq (jarohat). Jyengiz Under ham maydonga tushishi aniq emas, turkiyalik futbolchi to‘la tayyor bo‘lmasligi mumkin. «Barselona»da ham tarkibga kiritilmagan futbolchilar bor: Serxi Samper, Felippe Koutino (ikkisi ham turnirga zayavka qilinmagan), shuningdek, Luka Din o‘ynamaydi (jarohat).
«Roma»ning zayavkasi: Alisson, Romanoli, Skorpski, Jyesus, Kolarov, Kapradossi, Fasio, Florentsi, Peres, Manolas, Naynggolan, Strootman, Pellegrini, De Rossi, Gonalon, Jyerson, Djyeko, Shik, Under, Defrel, El-Shaaravi.
«Barselona»ning zayavkasi: Ter Shtegen, Sillessen, Ortola – Semedu, Pike, Rakitich, Buskets, Denis Suares, Inesta, Luis Suares, Messi, Dembele, Paulino, Alkaser, Alba, Serxi Roberto, Andre Gomesh, Aleysh Vidal, Umtiti, Mina, Vermalen.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025