Alp tog‘larida germaniyalik milliarder yo‘qolib qoldi
Alp tog‘larida Germaniyaning Tengelmann Group xoldingi rahbari Karl-Erivan Xaub yo‘qolib qoldi. Xolding OBI qurilish do‘konlari tarmog‘iga egalik qiladi. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, chang‘i uchish ishqibozi bo‘lgan 58 yoshli Xaubni oxirgi marta Shveytsariya-Italiya chegarasidagi Klyayn-Matterxorn tog‘i yonbag‘rida ko‘rishgan. Milliarder 7 apreldan beri aloqaga chiqmayapti. Shu kuni uning soat 16.00da Shveytsariyaning Tsermattida uchrashuvi bo‘lgan, biroq u uchrashuvga kelmagan.
Dunyodagi eng boy oilalardan hisoblanuvchi Xaub oilasi milliarderni topish uchun ancha mablag‘ ajratgan, biroq qutqaruv operatsiyasi yomon ob-havo sharoiti va ko‘chki xavfi borligi bilan murakkablashgan.
Tengelmann Group 30 mlrd yevrolik oborot va 215 ming xodimga ega 73 ta investitsiyaga egalik qiladi. Karl-Erivan Xaub xoldingni 2000 yildan boshqarib kelgan.
Xaub oilasi dunyodagi eng boy oilalardan biri bo‘lib, 4,5 mlrd dollar boylikka egalik qiladi.
Mavzuga oid
23:25 / 24.12.2021
Alplardagi tog‘ tebranib turishi aniqlandi
16:20 / 10.11.2019
120 marta nafas olish 21 dollar: shveysariyaliklar havodan pul qilmoqda
20:36 / 15.10.2019
Global isishning Alp tog‘lariga ta'siri burgut yordamida suratga olindi
17:00 / 05.08.2018