Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘jiza ro‘y bermadi. Klopp va Saloh Gvardiolani izdan chiqardi
«Manchester Siti» o‘yinni juda yaxshi boshladi, ammo «Liverpul»ga 3ta javobsiz gol urishning uddasidan chiqa olmadi. «Qizillar» safida yana Saloh gol urdi, g‘amgin Gvardiola esa ikkinchi bo‘limni tribunada o‘tirib kuzatdi.
«Manchester Siti» - «Liverpul» - 1:2 (1:0)
Gollar: Gabriel Jyezus, 2 (1:0). Saloh, 56 (1:1). Roberto Firmino, 77 (1:2).
«Manchester Siti»: Ederson, Uoker, Otamendi, Lyaport, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Fernandinyu, De Breyne, Sterling, Sane, Silva (Aguero, 66), Gabriel Jyezus.
«Liverpul»: Karius, Aleksandr-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Lovren, Roberson, Vaynaldum, Oksleyd-Chemberlen, Milner, Mane, Saloh (Ings, 89), Robertu Firmino (Klavan, 81).
Ogohlantirishlar: Mane, 14. Ederson, 14. Aleksandr-Arnold, 29. Bernardu Silva, 30. Robertu Firminu, 35. van Deyk, 65.
Hakam: Mateu Laos (Ispaniya).
10 aprel. Manchester. «Etihad» stadioni.
Birinchi o‘yin – 0:3.
Bir hafta muqaddam «Enfild»da «Siti» avtobusiga butilkalar irg‘itilgandi. Oxir-oqibat bu jamoa futbolchilariga ta'sir qilgan bo‘lishi va yirik hisobdagi mag‘lubiyat qayd etilishida, bu «mehmonnavozlik»ning ham o‘rni bo‘lishi mumkin.
«Liverpul»ni «Etihad» arenasida yaxshi qabul qilishdi - jamoa avtobusi bemalol o‘z joyiga yetib keldi. Ammo mezbonlar Yurgen Klopp jamoasi buning evaziga maydonda yon berishini kutgan bo‘lsa, qattiq adashadi.
«Manchester Siti» barcha tomondan va-bankka qo‘l urdi. Hujumkor futbol tarafdori bo‘lgan Pep Gvardiola noodatiy tarzda 3 himoyachi bilan o‘yinni boshladi. Kompaniya zaxirada qoldirildi, birinchi o‘yinda zaxirada bo‘lgan Bernardu Silva va Rahim Sterling esa ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi.
Aynan Sterling birinchi gol yuzaga keltirdi. Avvaliga u qanotda to‘psiz yugurdi va van Deyk bilan to‘p uchun kurashda ustun keldi va Fernandinodan pas qabul qilib, uni qulay vaziyatda turgan Gabriel Jyezusga yetkazdi - 1:0.
Bunday debyut haqida Kloppdan boshqa hamma orzu qilayotgandi. Bir lahzada tug‘ilgan intriga barchani hayajonda ushlab turdi. «Siti» Karius qo‘riqlayotgan darvozani qamalga oldi. Bu darvozaga birinchi bo‘limdayoq bir necha gol urilishi mumkin edi, ammo...
Bernardu Silvaning zarbasi to‘singa tegib qaytdi, boshqa futbolchilar ham ko‘p vaziyatlarni ko‘kka sovurishdi. Lekin bo‘lim yakunlanishi arafasida hakam katta sahnaga chiqdi. Kevin de Bryuyne to‘pni jarima maydoniga oshirganida Karius to‘pga peshvoz chiqib, uni urib yubordi, ammo to‘p Milnerning oyog‘idan ortga qaytdi va Kariusning ortida turgan Sane to‘pga ega chiqib, darvozani ishg‘ol qildi. Ammo hakam bu vaziyatda Sane ofsaydda deb topdi (u darvoza chizig‘iga Kariusdan yaqinroq edi. Ammo to‘p Milnerdan kelgandi).

O‘yin davomida bir qancha to‘xtalishlar bo‘lgani, follar va kartochkalar ko‘rsatilganiga qaramasdan, ispaniyalik arbitr Laos bo‘limga yarim daqiqa ham qo‘shib bermadi.
Gvardiola esa hissiyotlarini tiyib tura olmadi va tanaffus boshlanganida maydonga chopib chiqib, hakamlarga o‘shqira ketdi va qizil kartochka bilan siylandi. U ikkinchi bo‘limda tribunada jamoasi qay tariqa turnirni tark etishini tomosha qilib o‘tirdi.
«Siti» murabbiyining haydalishi o‘yinning asosiy voqeasiga aylanishi mumkin edi, ammo tanaffusdan keyin mezbonlar vaziyatni keskin o‘zgartira olishmadi. Ko‘p o‘tmasdan «Liverpul» o‘yinga nuqta qo‘ydi. Saloh birinchi o‘yinda jarohat olgandi, uning javob uchrashuvida qatnashishi so‘roq ostida qolgandi, ammo aynan ushbu misrlik futbolchi o‘yinga qaytdi, u jarima maydoniga yorib kirgan Manening hujumini aniq zarba bilan yakunladi, Ederson to‘pga chiqishda yaxshi harakat qila olmadi. Endi «Siti» 4ta gol urishi talab etilardi.
Hali yana yarim soatdan ortiq o‘yin vaqti bor edi, ammo ko‘rinib turgandiki, «Siti» vazifani uddalay olmasdi. Buni mezbonlarning o‘zi ham tushunib turishardi, ular tushkunlikka tushishdi va yana bitta gol o‘tkazishdi.
Gvardiola endi Angliya chempionligi bilan ovunib turishiga to‘g‘ri keladi.

Endi biz Salohning zaxirasi yana qancha vaqtga yetishi, u bu mavsumda nimalarga erisha olishini kutishimiz kerak. U yozda terma jamoa bilan jahon chempionatiga boradi. U joriy mavsumda urgan gollar soni 43taga yetib bo‘ldi. Unda navbatdagi «Oltin to‘p» sohibi bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat mavjud.
Mavzuga oid
20:31 / 16.04.2025
«Butun dunyo o‘yin tugadi, deb o‘ylagandi». «Real»ning YeChL pley-offlaridagi 5 ta kambeki
12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
16:33 / 21.02.2025