Jahon | 08:30 / 13.04.2018
6177
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh keng ko‘lamli kiberhujumdan himoyalanmoqda

Foto: Getty Images

AQSh Davlat departamenti o‘z xodimlarini idoraga yuz berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy kiberhujumlar haqida ogohlantirdi. Bu haqda Politico xabar qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, idoraning ikki mingdan ortiq xodimi bir oy davomida zararli dasturiy ta'minotga ega bo‘lgan elektron maktublar va ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar olgan.

Xodimlarni shunday xabarlar haqida ma'lum qilishga chaqirishdi, bu mutaxassislar «Davlat departamentiga qarshi kiberhujumlar ko‘lamini» tushunishi uchun muhim.

«Xodimlarga Davlat departamentiga qarshi yo‘naltirilgan amaldagi kiberamaliyotlarga bog‘liq shubhali faoliyat haqida xabardor bo‘lib borish tavsiya etiladi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft Word fayllari xavfli virus tashuvchisiga aylangani xabar berilgandi. AQSh va Yaqin Sharqda joylashgan moliyaviy va IT-kompaniyalar ko‘p bosqichli kiberhujum obektiga aylangan. Virus korxona xodimlari elektron pochta orqali oluvchi Microsoft Word fayllari bilan birga kelgan. Hujjatlarda ziyon yetkazuvchi FormBook dasturiy ta'minoti yuklanishi uchun javob beruvchi maxsus HTML-teglar yashiringan. Virus algoritmi faollashuvi uchun makroslarni bajarish talab etilmaydi. 

Mavzuga oid