Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon shahri hokimi o‘zgardi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga yangi hokim tayinlandi. Endi bu lavozimda Ma'ruf Usmonov ishlaydi.
KUN.UZ manbasining xabar berishicha, Ma'ruf Usmonov O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimidan ozod etilib, Qo‘qon shahriga hokim etib tayinlangan.
Ma'ruf Usmonov 2004-2006 yillarda ham Qo‘qon shahri hokimi sifatida ishlagan. Bundan tashqari, u turli yillar davomida prokuratura organlarida faoliyat yuritgan, Toshkent va Farg‘ona viloyati prokuraturalarida mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Shu paytga qadar Qo‘qon shahri hokimi sifatida ishlab kelayotgan Rahmatali Jalilov qaysi ishga o‘tkazilgani, Sudyalar oliy kengashiga kim yangi rais etib tayinlangani hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:36 / 15.03.2025