Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor Telegram Rossiyada qachon bloklanishini ma'lum qildi
Roskomnadzordan ma'lum qilishlaricha, Rossiyada Telegram’ga kirish bo‘yicha cheklovlar Taganka sudi qarori olinganidan so‘ng joriy etiladi. Bu haqda RIA «Novosti» idoraga asosan xabar qilmoqda.
«Telegram messenjeriga kirishni cheklash bo‘yicha jarayon Roskomnadzor tomonidan Taganka sudining tegishli qarori olingach tashkil etiladi. Kirishning cheklanishi amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladi», - deyiladi xabarda.
Kreml messenjerning bloklanishi bo‘yicha qarorga izoh bermagan.
«Men bu yerda bir narsani darhol aytmoqchiman – bu sudning qarori, men unga hech qanday izoh bera olmayman», - deya ma'lum qilgan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiya prezidentining internet bo‘yicha maslahatchisi German Klimenko barcha amaldorlarga Telegram messenjerini tark etishni tavsiya qildi.
«Menimcha, barcha amaldorlar Telegram’ni tark etishi kerak. Mening fikrimcha, barcha davlat xizmatchilari davlat organlari bilan hamkorlik qiluvchi boshqa resurslarga o‘tishlari lozim», - deya aytib o‘tdi Klimenko.
Uning ta'kidlashicha, o‘zining barcha faolligini boshqa messenjerlarga o‘tkazmoqda.
«Tasavvur qilib ko‘ring: men, davlat amaldori, davlat sudi tomonidan taqiqlangan resursdan qanday qilib foydalanishim mumkin? Bu mantiqsizlik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Klimenko.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025