Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ta'mirlash uchun yopilgan dorixonadan 46 mln so‘mlik “Lirika” topildi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari narkotik moddalar va inson markaziy asab tizimiga kuchli ta'sir etuvchi hamda iste'molga tobelikni keltirib chiqaruvchi psixofaol dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir yirik qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxt hududida joylashgan dorixonalardan biri aslida ta'mirlash uchun yopilgan bo‘lishiga qaramay, fuqarolar A.S, J.B, va A.X. tomonidan “Lirika” dori vositalari saqlanayotganligi va ularning noqonuniy savdosi amalga oshirilayotganligi fosh bo‘ldi.
Natijada, dorixonada hamda ushbu shaxslarga tegishli avtotransport vositalarida sotish uchun mo‘ljallangan, qiymati 46 mln. so‘mdan ziyod bo‘lgan 2305 dona shu nomdagi dori vositalari, ularning noqonuniy savdosidan orttirilgan salkam 6,5 mln. so‘m va 294 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Shuningdek, dorixona hojatxonasidagi yuvinish chanog‘i (rakovina) ortiga 1 dona 1000 so‘mlik kupyuraga to‘rtburchak shaklida o‘ralgan holda “marixuana” giyohvandlik vositasi yashirilganligi ma'lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, dorixonada 47 xil turdagi 6321 dona dori va gigiyenik vositalar saqlanayotgan bo‘lib, ularning ayrimlarining yaroqlilik muddati allaqachon o‘tib ketgani ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025