Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya AQSh, Fransiya va Britaniyani qo‘llab-quvvatladi
Berlin amerikalik, britaniyalik va fransiyalik ittifoqchilarning Suriyadagi harakatlarini ma'qullaydi. Bu haqda GFR kansleri Angela Merkel ma'lum qilgan.
"Biz amerikalik, britaniyalik va fransiyalik ittifoqchilarimiz, BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zolari sifatida o‘zlariga shunday shakldagi mas'uliyatni olganini ma'qullaymiz. Harbiy zarba kerak edi, bu kimyoviy quroldan foydalanishga e'lon qilingan xalqaro boykot samaradorligi uchun, hamda Suriya rejimini keyingi harakatlardan tiyilish bo‘yicha ogohlantirishga zarur bo‘ldi", - deyiladi kanslerning bayonotida. U GFR vazirlar mahkamasi matbuot xizmatining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e'lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GFR kansleri Angela Merkel Germaniya Suriya hukumatiga beriladigan harbiy zarbalarga qo‘shilmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025