Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda faol yoshlar yangi xonadon va mashinalarga ega bo‘lishdi
Namangan shahrida faol yosh oilalar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mas'ul xodimlariga yangi xonadon va mashinalar kalitlari tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati Kun.uz'gaxabar berdi.
Bayram tadbirida qatnashgan Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Ilyosbek Rahimov mamlakatimizda yosh avlod ta'lim-tarbiyasi, ertamiz egalarining ma'naviyatini yuksaltirish masalasi dolzarb vazifalardan biri ekanini aytib, yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday rag‘bat bu boradagi ishlarni izchillik bilan bajarishida turtki berishini bildirdilar.
“Xalqlar do‘stligi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida namunaviy loyiha asosida barpo etilgan 32 xonadondan iborat “Yoshlar uyi” mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida o‘z bilim, salohiyatini ishga solayotgan iqtidorli, tashabbuskor yoshlarga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan berildi.
Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, hozirga qadar viloyatning Mingbuloq, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Namangan tumanlarida “Yoshlar uyi” o‘z sohiblariga tortiq etilgan edi.
Tantanali marosimda yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tumanlar kengashlari raislariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli foiz stavkasida 10 yil muddatga 15 foizini oldindan to‘lash sharti bilan avtomashinalar topshirilganligi qo‘shaloq to‘yona bo‘ldi. Boisi, yoshlar yetakchilari avtomobil kalitlarini bayramona ruhda qabul qilib olishdi.
Shu kuni yana bir ezgu va savobli ishga qo‘l urildi. Viloyat markazida istiqomat qilayotgan 10 nafar nogironligi bor bolajonlarga maxsus aravachalar sovg‘a qilindi.
Oqilxon DADABOYeV,
jurnalist.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025