Namanganda «Karantin nazorati» maskani tashkil etildi
Namangan tumani Qorako‘l qishlog‘ida viloyat IIB tomonidan veterinariya boshqarmasi bilan hamkorlikda «Karantin nazorati» maskani tashkil etildi. Bu haqda KUN.UZ'ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish joiz, ichki ishlar idoralari tomonidan o‘rganilganda, “4-R112-Farg‘ona” halqa yo‘li orqali viloyatni epizotik va epidemik vaziyatini buzilishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlarni olib kirilayotganligi aniqlangan. Shu sababdan barcha kirish avtomobil yo‘llarida monitoring tartibida veterinariya nazoratidan o‘tkazish maqsadga muvofiq deb topildi.
Shu nuqtai nazardan olganda, yangi ochilgan maskanning asosiy vazifasi viloyatdagi epizotik-epidemik vaziyatini barqarorligini ta'minlash, qo‘shni viloyatlardan tegishli hujjatlarsiz, shuningdek veterinariya nazoratini chetlab o‘tgan chorvachilik mahsulotlarini, hayvonlar va yuklarni kirib kelishi va chiqib ketishini nazorat qilishdir.
«Karantin nazorati» maskanida kichik hajmli tezkor go‘sht, sut, tuxum, baliq mahsulotlarini iste'mol uchun yaroqliligini aniqlovchi laboratoriya mavjud. Yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar orqali mahsulotlarni tashuvchi tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, ko‘p vaqtini olmaslik, hamda sifatsiz mahsulotlarni shu joyni o‘zida aniqlab viloyat hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik va belgilangan tartibda yo‘q qilish ko‘zda tutilgan.
Oqilxon DADABOYeV.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024