Jamiyat | 00:08 / 15.04.2018
26248
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi “Terminator” kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi

“Terminator” filmining yangi qismini suratga oladigan rejissyor Tim Miller Deadline nashriga bergan intervyusida Arnold Shvartseneggerning o‘rnini qaysi aktyor egallashini ma'lum qildi. 

Rejissyorning aytishicha, Shvartseneggerning qahramoni rolini 35 yoshli amerikalik aktyor Gebriyel Luna ijro etadi. Luna asosan televizion loyihalarda ishtirok etgan.

Filmni suratga olish ishlari yozda boshlanadi. Film premerasi 2019 yil 22 noyabrga belgilangan.

Yaqinda 70 yoshli Shvartseneggerning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandi. U o‘ziga kelgach “Terminator” filmida aytgan mashhur “I'll be back” (Men hali qaytaman) iborasiga so‘z o‘yini qilib, “I'm back” (Men qaytdim), deb aytgan.

Foto: AP Photo / Invision/ Richard Shotwell

Mavzuga oid