Jyeyms Kemeron «Terminator»ning yangi konsepsiyasi haqida gapirib berdi
«Terminator» rejissyori Jyeyms Kemeronning aytishicha, insonlar va robotlar qarama qarshiligi haqidagi yangi film avvalgilaridan farq qiladi. Bu haqda Collider yozmoqda.
Hozirda mashhur kinofranshizaning yangi talqiniga prodyusserlik qilayotgan Jyeyms Kemeron «Terminator» yangi konsepsiyasi haqida gapirib berdi.
«Biz terminator haqidagi yangi film ustida ishlamoqdamiz. Terminator haqidagi filmlar esa har doim sun'iy idrok haqida hikoya qiladi. Biroq hozir bu g‘oyani, «Terminator»ni 1982 yilda o‘ylab topganimdan boshqacharoq ko‘rmoqdaman. O‘shanda bu «texnologiyalar yomon, aqlli kompyuterlar yomon» klassik tushunchasi edi. Endi esa – istiqbol ancha murakkablashdi. Shuning uchun «aqlli kompyuterlar yomon, biroq...» Yangi sabab bor», - deya aytib o‘tgan Kemeron.
Arnold Shvartsenegger ishtirokidagi yangi «Terminator» premerasi 2019 yilning 22 noyabriga belgilangan. Avvalroq, terminator yangi modeli obrazini amerikalik 35 yoshli aktyor Gebriyel Luna yaratishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:29 / 23.06.2023
«Tarix takrorlanmoqda»: Jyeyms Kemeron «Titan» halokatiga mas’uliyatsizlik sabab bo‘lgani haqida
23:25 / 04.02.2023
«Titanik» filmidagi Jyekning tirik qolish imkoniyati bo‘lgani aytildi
22:24 / 03.06.2019
“Terminator” filmi prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga oladi
16:30 / 15.02.2019