Sport | 14:00 / 15.04.2018
20133
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Futbolchi gol urdi va tribunaga chiqib o‘ziga qarsak chaldi
Ruminiyaning «Germanshtadt» jamoasi hujumchisi Stefan Blanaru o‘zi kiritgan golni yarim bo‘sh bo‘lgan tribunada o‘zi chiqib nishonlashga qaror qildi. Mazkur vaziyat videosi tarmoqda tarqaldi
Gap shundaki, «Luchaferul Oradya» jamoasiga qarshi uchrashuvda Blanaru 80-daqiqada gol kiritdi. Shundan so‘ng u tribuna tomon yugurib, goliga muxlis sifatida qarsak chaldi.
U maydonga qaytgach, o‘yin hakami tomonidan ogohlantirildi.
Uchrashuv «Germanshtadt»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.