Jahon | 23:22 / 15.04.2018
15736
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning reytingi pastladi

Foto: Business Insider

Donald Trampning AQSh prezidenti lavozimidagi faoliyatining ma'qullanishi darajasi 39 foizga tushib ketdi. Bundan NBC News va The Wall Street Journal tayyorlagan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.

Trampning faoliyatini respondentlarning 57 foizi ma'qullamagan.

Trampning reytingi ikkala partiyaning tarafdorlari orasida ham pastlagan. Bir oy avval bu ko‘rsatkich 43 foizni tashkil qilgandi.

So‘rovnoma 8-11 aprel kunlari 900 kishi bilan olib borilgan.

Shu bilan birga The Washington Post va ABC News o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Trampning reytingi 40 foizni tashkil qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid