Poroshenko MDH mamlakatlari bilan qator kelishuvlarni bekor qilishga qaror qildi

Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko hukumatga MDH mamlakatlari bilan qator kelishuvlarni bekor qilish vazifasini topshirdi. Bu haqida dushanba kuni Ukraina prezidentining Oliy radadagi vakili Irina Lutsenko mamlakat parlamentidagi muvofiqlashtirish kengashida ma'lum qildi.
"Oliy bosh qo‘mondon hukumatni MDH mamlakatlari o‘rtasidagi barcha ko‘p tomonlama kelishuvlar inventarizatsiyasini o‘tkazishga chaqirdi, bundan maqsad pragmatik jihatdan Ukrainaga zarur bo‘lganlarinigina qoldirib, qolganlarini bekor qilish. Masalan, diplomlarni tan olish to‘g‘risidagi kelishuv, bandlikni tan olishga doir bitim, tranzit kelishuvi va Ukraina iqtisodiyoti faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa shartnomalar o‘z kuchini saqlab qoladi", - deydi u.
Mavzuga oid

17:57
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi

13:47
«246 ga 246». Rossiya va Ukraina asirlar almashuvi o‘tkazdi

13:33
«Bu bir tomoshabin uchun teatr». Putinning «Pasxa sulhi» haqida nima deyishmoqda?

19:21 / 19.04.2025