Yerevandagi namoyishlarda 30 kishi qo‘lga olindi
Armaniston parlamenti deputati, muxolif «Fuqarolik burchi» partiyasi yetakchisi Nikol Pashinyan ma'lum qildiki, Serj Sargsyanning bosh vazirlikka saylanishiga qarshi o‘tkazilayotgan namoyishlar vaqtida politsiya mahkamalariga 30 nafar namoyishchi olib ketilgan.
«Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, politsiya 30 chog‘li kishini qo‘lga oldi. Bu hech narsani o‘zgartira olmaydi. Biz o‘z taktikamizni davom ettiramiz, xaotik harakatlanamiz va ko‘chalarni to‘samiz»,— deya uning so‘zlarini keltirgan «Interfaks» agentligi.
13 aprel kunidan buyon Yerevan ko‘chalarida Nikol Pashinyan boshchiligida Sargsyanning bosh vazirlikka saylanishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Pashinyan butun mamlakatdagi tarafdorlarini o‘z atrofiga yig‘ishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024