Pashinyan Armanistonning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum muddatini ma’lum qildi
Armaniston konstitutsiyasi Boku bilan tinchlik shartnomasi tuzilganligi sababli o‘zgartirilishi mumkin. Asosiy qonunda «Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ni birlashtirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyaga havola bor – Yerevan uni Ozarboyjon hududi deya tan oldi.

Foto: AP
Armanistonda yangi konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendum 2027 yilga mo‘ljallangan, dedi bosh vazir Nikol Pashinyan jamoat televideniyesiga bergan intervyusida.
«Biz yangi konstitutsiyani qabul qilish yo‘lidan boramiz. 2027 yilda referendum o‘tkazishni rejalashtirganmiz», — dedi u.
O‘tgan yilning sentabrida siyosatchi Armaniston Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasini tuzish uchun konstitutsiyani o‘zgartirishga tayyorligini aytgan edi. Uning qayd etishicha, agar Armaniston Konstitutsiyaviy sudi hujjatni mamlakat asosiy qonuniga zid deb topsa, bu sodir bo‘lishi mumkin. Keyin oxirgisini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Ozarboyjon bilan tinchlik o‘rnatilishi munosabati bilan Armaniston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish asosiy qonunning muqaddimasi tufayli talab qilinishi mumkin. Unda 1990 yildagi Armanistonning mustaqillik deklaratsiyasiga havola mavjud bo‘lib, unda «Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ni birlashtirish to‘g‘risida»gi rezolyutsiyaga havola bilan xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi to‘g‘risidagi ibora mavjud. 2023 yil sentabridan buyon, harbiy operatsiyadan so‘ng bu hudud Boku nazoratiga o‘tdi va uning aksariyat aholisi – etnik armanlar Qorabog‘ni tark etdi.
Intervyuda Pashinyan Boku bilan kelishuv mavzusiga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda kelishuvning har ikki tomon uchun maqbul varianti mavjud. Ozarboyjon va Armaniston sovet respublikalari chegaralarida bir-birining hududiy yaxlitligini tan oldi. Bosh vazir ushbu hujjatni imzolashga tayyorligini bildirdi. Shartnoma tuzilgach, uni ommaga oshkor qilish rejalashtirilmoqda, dedi Pashinyan.
«Tinchlik shartnomasining kelishilgan matnida Ozarboyjon uchun ham, biz uchun ham bir tomonlama majburiyatlar mavjud emas», dedi u.
Mavzuga oid

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

16:48 / 12.02.2025