Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roskomnadzor Telegram tufayli 1 milliondan ortiq IP-manzilni blokladi
Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov Roskomnadzor tomonidan bloklanishni chetlab o‘tish uchun boshqa resurslardan foydalanishga qaror qilganidan so‘ng, 1 mln.dan ortiq IP-manzillar bloklandi. Bu haqda «Vedomosti» xabar bermoqda.
«Snaryad va zirh kurashi ketmoqda – biz messenjerga kirib olish mumkin bo‘lgan IP-manzillarni topib, ularni bloklamoqdamiz. Avvaliga u o‘zining taxminan 9 mingta IR-adresidan foydalandi, biz ularni blokladik. Keyin ular Amazon tarmog‘i ostiga o‘tishdi (taxminan 600 000 IR), ular ham blokka tushirildi. Hozir esa Telegram boshqa resurs IR-manziliga o‘tdi (taxminan 540 000), ular ham yaqin vaqt ichida bloklanadi», - deya aytib o‘tdi Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyada messenjerni bloklash haqidagi qarorga izoh berib, uning oqibatlarini sanab o‘tgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025