Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Xomsdagi bazasiga hujum yolg‘on trevoga bo‘lgan – OAV
Suriyaning Shayrot harbiy bazasiga raketa hujumi amalga oshirilmagan, Suriya armiyasining havo hujumidan mudofaa vositalari esa yolg‘on trevoga tufayli faollashgan. Bu haqda Haaretz suriyalik harbiylar orasidagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qo‘mondonlardan biri yolg‘on trevogani Isroil va AQSh tomonidan noto‘g‘ri sodir etilgan «elektron hujum» bilan tushuntirdi. Uning maqsadi Suriya radarlar tizimi bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Al-Masdar» portali suriyalik harbiylarga asosan Suriyaning Xoms shahridagi Shayrot harbiy aerodromiga hujum yuz bergani, u Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgani haqida xabar qilgandi. Suriya rasmiy OAV xabariga ko‘ra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari Xoms shahri yaqinida raketalarni urib tushirgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025