Fan-texnika | 22:40 / 18.04.2018
5287
2 daqiqa o‘qiladi

Alibaba avtonom boshqaruvli mashinalar ishlab chiqishi haqida e'lon qildi

Foto: donghuanews.com

Xitoyning Alibaba elektron kommersiya giganti avtonom boshqaruv tizimiga ega (sun'iy intellekt tizimi yordamida boshqariluvchi) transport vositalarini ishlab chiqarish haqida e'lon qildi. China Daily shu haqida xabar berdi.

AI Labs (kompaniyaning shu sohadagi ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi) xodimi Van Ganning so‘zlariga ko‘ra, "olimlar jamoasi bu borada katta muvaffaqiyatga erishgan".

Manbada ta'kidlanishicha, Alibaba harakatlanish davomida to‘rtinchi darajaga muvofiq keluvchi haydovchisiz avtomobilni yaratishni rejalashtirmoqda (jami besh daraja mavjud). Bu mashinaning mustaqil ravishda, haydovchi aralashuvisiz harakatlana olishi, to‘xtashi, tezlashishi va har qanday yo‘l, ekologik va iqlimiy sharoitlarga moslasha olishidan dalolat beradi. 

Xitoyda Alibaba'dan tashqari Baidu internet-kompaniyasi va telekommunikatsiyalar sohasi yetakchisi Tencent ham avtonom tizimli transport vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, 2020 yilga borib Xitoyda avtonom boshqaruvli avtomobillarning ommaviy ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid