Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri: Rossiyada JCh o‘tkazilishiga sabab – korrupsiya!
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeronning ma'lum qilishicha, Rossiya 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini korrupsiya yordamida qo‘lga kiritgan.
«Korrupsiya biz erishmoqchi bo‘lgan ko‘plab narsalarning yo‘liga to‘siq bo‘ldi. Barchamiz qashshoqlikdan qutulishni xohlagandik. Janubiy Sudan yoki Burundiga pullarni oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash yoki ta'limga sarflashga nima xalaqit berdi? Javob oddiy: korrupsiya», - deya Kemeronning so‘zlarini keltiradi Independent.
«Biz mamlakatlarga qashshoqlik domidan chiqishga yordam ko‘rsatmoqchi edik. Biroq Ekvatorial Gvineya va Venesuela kabi olis davlatlardagi odamlar nega qashshoq, axir ushbu mamlakatlarda ko‘plab foydali qazilmalar bor-ku? Javob oddiy: korrupsiya.
Biz odamlarni birlashtiruvchi katta sport tadbirlarida dunyo yetakchisiga aylanmoqchi edik. Biroq, Rossiya yakunda futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qanday qilib qo‘lga kiritdi? O‘zingiz javobni bir urinishda topib ko‘ring», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Kemeron.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov turli mamlakatlar rasmiy shaxslarining futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelmaslik haqidagi qarori bayramga salbiy ta'sir ko‘rsata olmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025