Jamiyat | 17:13 / 18.04.2018
30410
1 daqiqa o‘qiladi

“G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida katta miqdordagi valyuta qo‘lga olindi

Respublika bojxonachilari tomonidan naqd xorijiy valyutalarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksida qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro A.S xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ushbu shaxs kiyimlari ostidan beliga bog‘lab olgan belbog‘i orasiga hamda har ikkala oyog‘idagi paypoqlari ichiga 10 million qozoq tengesi hamda 528 ming 630 Rossiya rublini yashirib, olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

 

Mavzuga oid