Jahon | 17:16 / 18.04.2018
19440
1 daqiqa o‘qiladi
KQTT: BMT xodimlari Suriyaning Dumasida o‘qqa tutildi
Manba so‘zlariga ko‘ra, Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot rahbari Ahmad O‘zumju BMT xodimlari Suriyaning Duma shahrida o‘qqa tutilgani haqida xabar bergan. Bu haqda Reuters ma'lum qildi.
KQTT rahbari bu haqda tashkilot ijroiya kengashi yig‘ilishi davomida xabar bergan, u Haagadagi qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KQTT missiyasi ekspertlarining xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha guruh ortga qaytishga majbur bo‘lgan, ekspertlarning ehtimoliy kimyoviy hujum yuz bergan joyga kirishi hamon juda chigal holatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq London KQTT missiyasining Suriyadagi ishi bo‘yicha tezkor javob talab qilgandi.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
20:27 / 23.11.2024
Suriya hududidan eng qadimiy alifbo topildi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
07:50 / 22.11.2024