Turkiya bosh vaziri saylovlar sababli iste'foga ketishga tayyorligini ma'lum qildi

Foto: AP Photo / Petros Karadjias
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan muddatdan avval prezident va parlament saylovlari o‘tishi e'lon qilinishi sababli o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an 18 aprelda Turkiyada muddatdan avval saylovlar 2018 yil 24 iyunda o‘tishini e'lon qildi. Uning aytishicha, bu prezident boshqaruv tizimiga tezroq o‘tish uchun kerak. Bu tizimga ko‘ra ijroiya hokimiyati rahbari prezident bo‘ladi, bosh vazir lavozimi esa tugatiladi.
“Mendan yangi hukumatda lavozimim bo‘lmasligiga qanday munosabatda ekanligimni so‘rashadi. Ularga davlatim kelajagi mening shaxsiy kelajagimdan ancha muhimroqdir, deb javob qaytaraman. Bugungi kungacha gap mamlakat foydasi haqida ketganda, o‘z shaxsiy manfaatlarim va ambitsiyalarimni chetga surganman”, deb aytgan Yildirim jurnalistlarga.
Turkiyada navbatdagi prezident va parlament saylovlari 2019 yil 3 noyabrga belgilangandi. Shundan keyin 2017 yil apreldagi referendumda qabul qilingan prezident tizimi haqidagi qoida kuchga kirishi kerak edi.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

18:19 / 09.04.2025