Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda iOS foydalanuvchilari TamTam messenjerini yuklab olishni boshladi
TamTam messenjeri App Store O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan ilovalar beshligiga kirdi. Bundan AppAnnie ma'lumotlari darak bermoqda.
17 aprel kungi holatga ko‘ra, ilova «Yandeks.Taksi», Telegram, iMO va WhatsApp’dan o‘tib ketib, yuklab olish soni bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. TamTam bir kun ichida App Store O‘zbekistonda olti o‘ringa yuqoriladi, ikki kunda esa – 50 pog‘onaga.
18 aprel kungi holat bo‘yicha ilova yuklab olishlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, u faqat «Yandeks.Taksi»dan ortda qolgan.
WhatsApp ham top beshlikda mustahkam joylashib oldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston aholisi Google’da TamTam’ni faol izlay boshlagan davlatlar beshligiga kirdi.
Foydalanuvchilarning TamTam’ga qiziqishi Telegram bilan bog‘liq muammolar fonida o‘smoqda. Pavel Durovning servisida ikki kundan berish jiddiy nosozliklar kuzatilyapti.
Ma'lumot uchun: endi KUN.UZ saytini TamTam messenjerida ham kuzatish mumkin. Telegram’da muammoga duch kelganlar saytimizni TamTam’dagi kanalga quyidagi havola orqali a'zo bo‘lib, kuzatib borishi mumkin.
KUN.UZ saytining TamTam messenjeridadagi kanali: https://tt.me/kunnews
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025