Jahon | 19:00 / 19.04.2018
15847
2 daqiqa o‘qiladi

Kubaga yangi rahbar saylandi

© REUTERS / Alejandro Ernesto/Pool/File Photo

Kuba Milliy assambleyasi deputatlari yig‘ilishida Migel Dias-Kanel Davlat kengashi rahbari etib tasdiqlandi. U endi Vazirlar kengashining ham yangi raisi, mamlakatning yangi rahbari bo‘ldi.

Dias-Kanel shu kungacha Davlat kengashi raisi Raul Kastroning birinchi o‘rinbosari edi. Bir kun oldin Kubaning bir palatali parlamentida ovoz berish jarayoni o‘tkazildi, bugun natijalar e'lon qilindi.

Dias Kanel 604 ovozdan 603tasini olgan (99,83 foiz). Unga Salvador Valdes Mesa birinchi o‘rinbosar bo‘ladi.

Bundan tashqari, raisga yana besh o‘rinbosar saylangan: Ramiro Valdes Menendes, Roberto Tomas Morales Oxeda, Gladis Mariya Bexerano Portela, Ines Mariya Chapman va Beatris Jonson Urrutiya. Omero Akosta Davlat kengashi kotibi bo‘ldi.

Milliy assambleyadagi chiqishi vaqtida Dias-Kabel Kastroning yo‘lini davom ettirishni va'da qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kuba Kommunistik partiyasi - millat birligining «yagona kafolati» sanaladi.

Shu tariqa inqilobiy Kuba tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan Kastrolar davri o‘z nihoyasiga yetdi. 

Mavzuga oid