Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaron tumanida tezlikni qayd etuvchi radarlar ishga tushdi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidan o‘tuvchi, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 142-kilometri hududida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradar o‘rnatilib, to‘liq ishga tushirildi. Uning yordamida tezlikni me'yoridan oshirgan haydovchilar qoidabuzarliklarni aniqlamoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIB YHXB, tuman hududida piyodalar bilan bog‘liq hamda tezlik oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, ularning sonini keskin kamaytirish, haydovchilar hushyorligini oshirish va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdir.
Foto va videofiksatsiya moslamalarida qoidabuzarlik aniqlangan holatda, transport vositalari egalarining yashash manzillariga qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqarilib, yuboriladi.
Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari Toshkent viloyatining boshqa asosiy yo‘llari, shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025