Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» finalga chiqdi
Angliya Kubogining yarim finalida «Chelsi» «Sauthempton»ni mag‘lub etdi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuv londonliklar jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi - 2:0.
G‘oliblar safida gollarga Olive Jiru va Alvaro Morata mualliflik qilishdi. Shu tariqa, «Chelsi» Angliya Kubogi finaliga chiqdi va «Manchester Yunayted»ga raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Yarim finalning birinchi uchrashuvida «Manchester Yunayted» «Tottenhem Hotspur»ni mag‘lub etgandi (2:1). Final uchrashuvi 19 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya Kubogi
Yarim final
Chelsi – Sauthempton 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 46 Jiru, 2:0 – 82 Morata.
Chelsi – Kabalero, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Mozes, Villian (Bakayoko, 64), Fabregas (Pedro, 76), Azar, Kante, Emerson, Jiru (Morata, 80).
Sauthempton – Makkarti, Yosida, Bednarek (Gabbyadini, 78), Bertran, Xudt, Romeu, Lemina, Xeyberg (Tadich, 63), Soaresh, Ostin, Long (Redmond, 63).
Ogohlantirishlar: Yosida (40), Romeu (50), Lemina (55), Xudt (65).
Mavzuga oid
23:01 / 17.05.2025
«Siti» Angliya Kubogi finalida yutqazdi, Husanov kumush medal taqdi
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025