O‘zbekiston | 13:10 / 23.04.2018
12842
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘ksaroyda muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda

Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni yurtimizga tashrifi bilan qutladi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, muloqotda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Prezidentlar Toshkent shahridagi Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida ishtirok etishi, 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid