Jahon | 23:11 / 24.04.2018
19565
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ayol ustiga “osmondan” it tushdi (video)

Foto: Armenpress.am

Xitoyda yashovchi ayol uning ustiga yuqoridan it tushgandan keyin jarohat olib, shifoxonaga tushgan. Voqea kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan, deb xabar berdi Daily Mail nashri.

Videoda ayol uylardan birining pod'yezdiga yaqinlashayotganda uning ustiga it tushganini ko‘rish mumkin. Itning urilishidan zarba ayolning boshi va bo‘yniga to‘g‘ri kelgan. Ayol zarbadan keyin hushini yo‘qotgan, it esa qochib ketgan.

Guvohlar tez yordam chaqirtirishgan. Ayolga miya chayqalishi va bo‘yin jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda va itning egasini qidirmoqda.

Mavzuga oid