O‘zbekiston | 23:30 / 24.04.2018
10290
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagrotexsanoatxolding» raisiga o‘rinbosarlar tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21 aprel kungi qaroriga ko‘ra, «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ raisiga Abduxalil Abdurahimovich Rashidov birinchi o‘rinbosar bo‘lgan, Azamat Ismoilov Yuldashev rais o‘rinbosari - «O‘zagrotexmash» AJ bosh direktori, Anvar Abdimajitovich Sattarov esa rais o‘rinbosari - «O‘zagrolizing» AJ bosh direktoriga aylangan.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, Saidabbos Saidkamilovich Saydaminov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari - Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish departamentining direktori etib tayinlangan. U shu munosabat bilan «O‘zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari - «O‘zagrotexmash» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, hukumat 23 aprel kuni Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi rahbarlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini qabul qilgan.

Unga ko‘ra, Shuhrat Shavkatovich Xurramov Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi, Rustam Dunayev Yakubov esa uning o‘rinbosari etib tasdiqlangan.

Mavzuga oid