Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Bavariya»ni qatorasiga 6 marta yutgan ilk jamoa bo‘ldi
Joriy Chempionlar ligasining 2-yarimfinali 1-uchrashuvida “Bavariya” o‘z maydonida Madridning “Real”iga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu g‘alaba evaziga “Real” musobaqa tarixida “Bavariya”ni qatorasiga 6 ta o‘yinda mag‘lub eta olgan ilk jamoaga aylandi.
Oxirgi 6 o‘yinda “Real” myunxenliklarning 5 ta goliga 15 ta gol bilan javob bergan.
“Real”ning bu g‘alabali seriyasi 2011/12 yillardagi Chempionlar ligasi yarimfinalida boshlangan. O‘shanda madridliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan. Shundan keyin “Real” “Bavariya” bilan 2011/12 yillardagi Chempionlar ligasi yarimfinalining ikkala o‘yinida ham mos ravishda 1:0 va 4:0 hisobida va 2016/17 yillardagi Chempionlar ligasi chorakfinalida 2:1 va 4:2 hisobidagi g‘alabalarga erishgan.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:45 / 27.04.2025