O‘zbekiston | 00:16 / 27.04.2018
42835
2 daqiqa o‘qiladi

Haj ibodati xarajatlari qimmatligi va nega kvotalar kamligiga oydinlik kiritildi

O‘zbekistondan Haj ibodatini amalga oshirish uchun ajratilgan o‘rinlar kamligi sifat va xavfsizlik masalasiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akramovning ta'kidlashicha, “O‘zbekistonda Haj ibodatiga boruvchilar uchun kvotalar ko‘paymoqda, ammo sifat va xavfsizlik masalasini o‘ylash kerak“.

Qo‘mita raisining aytishicha, ibodat qiluvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ularga yuqori sifat talablariga mos ravishda xizmat qilish - Haj ibodatini bekamu-ko‘st amalga oshirilishida yordam beradi.

«​Kvotani 20 ming kishi uchun oshirish mumkin, ammo ibodat durust bajarish uchun o‘ziga yarasha amallar bor, Islomda Hajga qadar farz qilingan ibodatlarni ham bajarish lozim»​, deydi rais.

Bundan tashqari, Haj ibodati nega O‘zbekistonda qo‘shni mamlakatlar bilan solishtirganda qimmat ekaniga oydinlik kiritildi.

«​Gap shundaki, bizning hojilarimizga ta'kidlaganimdek, yuqori sifatli xizmatlar taqdim etiladi. Mehmonxona va ovqatlanish, transport xizmatlari o‘z vaqtida, qiyinchiliklarsiz ta'minlanadi. Qolaversa, bir necha yillardan buyon o‘zbekistonlik hojilar delegatsiyasi «Eng namunali ziyoratchilar» nominatsiyasida g‘olib bo‘lishadi»​, deydi qo‘mita raisi.

Mavzuga oid