Jahon | 13:23 / 27.04.2018
11964
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya yetakchilarining muzokaralari mavzusi ma'lum

Seul ma'muriyati rasmiy vakili Koreya davlatlari rahbarlari muzokaralarining asosiy mavzulari haqida ma'lumot berdi.

Manba Koreya yarim orolini yadrosizlantirish, uzoq muddatli tinchlik va Janub hamda Shimol o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha «samimiy muloqot» o‘tkazilganini aytdi.

Foto: AFP /Janubiy Koreya matbuoti

KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari bir necha soat avval demarkatsion chiziqda uchrashdi. Kim Chen In mamlakatlarni ajratib turuvchi chiziqdan o‘tib, janubiy tomonga qadam qo‘ygan KXDRning birinchi rahbariga aylandi.

Kim Chen In muloqotning birinchi bosqichidan so‘ng keskinlikka bahram berishga, Mun Chje In esa – davlatlar o‘rtasida temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

Janubiy Koreya ma'muriyati vakilining jurnalistlarga xabar berishicha, Koreyalararo sammitning yakuniy bayonoti ustidagi ish davom etyapti.

«Har ikki tomon qo‘shma deklaratsiyani tuzish bo‘yicha amaliy munozaralarni davom ettirishga qaror qildi. Agarda bayonot bo‘lsa, har ikki tomon yetakchisi uni imzolaydi va birgalikda e'lon qiladi», - deya aytib o‘tdi u.

Foto: AFP /Janubiy Koreya matbuoti

Boshqa bir brifingda Janubiy Koreya ma'muriyatining yana bir vakili xabar berishicha, qo‘shma deklaratsiya sammit rasmiy banketiga qadar qabul qilinishi mumkin. Avvalroq, banket soat 18:30 (Toshkent vaqti bilan 14:30)da boshlanishi xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid