Jahon | 13:07 / 27.04.2018
7940
1 daqiqa o‘qiladi

Mun Chje In Koreyalarni temir yo‘llari bilan birlashtirish taklifini berdi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chj In Koreyalararo sammit vaqtida mamlakatlar o‘rtasida tezyurar temir yo‘l qatnovini tashkil etish taklifi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Foto: Reuters
Foto: AP

«Agarda KXDR va Janubiy Koreya temir yo‘llarini birlashtirsak, tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishimiz mumkin bo‘ladi», - deya Mun Chje Inning so‘zlarini keltirgan Koreya Respublikasi rahbari vakili Koreyalararo muzokaralar birinchi bosqichidan so‘ng tashkil etilgan brifingda.

Foto: Reuters

Shuningdek uning umid qilishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan qachonlardir Xitoy chegarasida joylashgan Pektusan muqaddas tog‘iga tashrif buyuradi. Pektusan vulqoni koreys xalqi kelib chiqish to‘g‘risidagi afsonaga aloqadordir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreya bilan muzokaralar maqsadini aytgandi.

 

Mavzuga oid