Jahon | 08:18 / 29.04.2018
7188
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya Pxungeridagi yadroviy poligonini may oyida yopishga va'da berdi

Foto: reuters.com

Shimoliy Koreya hukumati Pxungeridagi yadroviy poligonini may oyida yopadi, uning demontaj qilinishi jarayoni oshkora ravishda o‘tkaziladi. Bu haqda Janubiy Koreya hukumati bayonotiga iqtibos keltirgan holda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.  

Ta'kidlanishicha, Koreyalararo sammit davomida Kim Chen In poligonning yopilishini kuzatish uchun xalqaro mutaxassislar taklif qilinishiga va'da bergan.

27 aprelda Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashdi. Ikki davlat yetakchisi o‘zaro qarama-qarshilikni tugatish bo‘yicha deklaratsiyani imzolashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid