Jamiyat | 20:25 / 01.05.2018
11089
2 daqiqa o‘qiladi

571 million so‘mdan ziyod  sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari fosh etildi

Bojxona organlari huquqbuzarlik holatlarini erta aniqlash va ularga qarshi kurashish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan samarali hamkorlik olib bormoqda. Yaqinda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi, SVOJJDLKQ departamenti, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek quyishdi. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.S Farg‘ona shahri hududida joylashgan o‘z xonadoni oldida muqaddam qo‘shni davlatdan bojxona nazoratini chetlab, noqonuniy olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan,sifati kafolatlanmagan 11 million 346 ming so‘mlik 16 xil turdagi parfyumeriya mahsulotlarini fuqaro R. O. ga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati 
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati 

Sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlarini sotayotgan fuqaro X.S.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uning yashash xonadonidan kiymati 560 million 378 ming so‘mlik 92 xil turdagi parfyumeriya tovar-moddiy boyliklari saqlanayotganligi aniqlandi.

 Tadbir davomida umumiy qiymati 571 million 724 ming so‘mlik 108 xil turdagi noqonuniy parfyumeriya mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Mavzuga oid