Jamiyat | 20:28 / 02.05.2018
7909
2 daqiqa o‘qiladi

"Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligida joriy yilning 2 may kuni “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati ma'lum qildi. 

Ma'lumki “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimiz, shuningdek, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas'uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalar taqdirlanadilar.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

 2018 yilda Toshkent shahridan 183 nafar hamshaharlarimiz “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandilar. Toshkent shahar hokimligida taqdirlanganlarning 61 nafariga mukofot tantanali tarzda topshirildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

"Mamlakatimiz, poytaxtimiz hayotida qutlug‘ ish, qutlug‘ tadbir bo‘lib o‘tdi. Butun umrini halol mehnat qilib, jamoat ishlarida yaxshi xizmat ko‘rsatgan, yaxshi ko‘rsatgichlarga erishgan bir guruh mehnat faxriylariga davlat rahbari tomonidan ta'sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni” topshirildi. Bunday yuksak mukofotni bayram arafasida bizga berilishi, kamtarona mehnatimizni yuksak qadrlanishi, doimiy e'tiborda bo‘layotganligimiz uchun prezidentimizga rahmat aytamiz", – deydi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Miralimov Shavkat Abbasovich.

Mavzuga oid